Sun'iy intellekt: imkoniyat yoki xatar?
SI – sun’iy intellekt ildizi XX asrning 60-70 yillariga borib taqalsa-da, uning rivoji oxirgi o‘n yilda yaqqolroq ko‘zga tashlandi. Jumladan, sun’iy intellektdan sog‘liqni saqlash, energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, mashinasozlik sohasi hamda sanoat va san’atning turli yo‘nalishlarida samarali foydalanilmoqda.